Yoʻnalishli transport vositalarining imtiyozlari · 55-bilet, 19-savol
Belgilangan yoʻnalish boʻylab ketayotgan avtobus haydovchisi ushbu sharoitda yoʻl berishi kerakmi?
Javob variantlari
- Kerak.✓ Toʻgʻri javob
- Kerak emas.
- Kerak emas, chunki u toʻgʻriga ketayapti
Izoh
YHQ 16-bobi 105-bandi: Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼiy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.
Bu holatda tramvay avtobusga nisbatan ustunlikka ega. Shu sababli, avtobus haydovchisi unga yoʻl berishi kerak.
«Yoʻnalishli transport vositalarining imtiyozlari» mavzusidagi boshqa savollar
- Agar yoʻl boshlanishida ushbu belgi turgan boʻlsa, qatnov qismining qarama-qarshi yoʻnalishiga oʻtish mumkinmi?
- Rasmda koʻrsatilgan holatda yoʻlovchilarni tushirish uchun toʻxtashga ruxsat beriladimi?
- Qatnov qismining oʻng boʻlagi boʻylab harakatlanishga qaysi transport vositasiga ruxsat etilgan?
- Aholi punktlarida avtobus yoki trolleybus haydovchisi harakatni bekatdan boshlaydi. U:
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.