Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari · 41-bilet, 6-savol

Kunning yorugʻ vaqtida aholi punktlarida quvib oʻtilayotgan transport vositasi haydovchisining eʼtiborini jalb qilish uchun mumkin:

Javob variantlari

  1. Sanab oʻtilganlarning barchasidan foydalanish
  2. Faqat birgalikda yorugʻlik ishoralari bilan birga tovush signallarini qoʻllash
  3. Faqat yaqinni yorituvchi chiroqni uzoqni yorituvchi chiroqqa qisqa muddat orasida oʻtkazish bilan ishora berish✓ Toʻgʻri javob
  4. Tovush signalidan foydalanish

Izoh

Yoʻl harakati qoidalarining 49 bandiga asosan, quvib oʻtish haqida tovushli ishora oʻrniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-oʻchirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.
Yoʻl harakati qoidalarining 48 bandiga asosan, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun; zarur boʻlgan hollarda yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun.
Yuqorida koʻrsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.

«Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish