Qoʻshimcha axborot belgilari · 41-bilet, 7-savol
Bu belgilar nimani bildiradi?
Javob variantlari
- «Nogiron» taniqlik belgisi boʻlgan avtomobillar uchun 30 m dan keyin toʻxtab turish joyiga kelishini
- Motokajavalardan tashqari transport vositalari uchun 30 m li hududdagi toʻxtab turish joyini
- «Nogiron» taniqlik belgisi boʻlgan motokajava va avtomobillar uchun 30 m li hududdagi toʻxtab turish joyini✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 1-ilovasi 7-boʻlimining beshinchi va oʻttizinchi xatboshilariga asosan: 7.2.1. “Taʼsir oraligʻi”. Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-koʻrsatkich belgilarining taʼsir oʻraligʻini koʻrsatadi. 7.17. “Nogironlar”. 5.15 belgisi bilan qoʻllaniladi. Toʻxtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu Qoidalarning 176-bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi oʻrnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini koʻrsatadi.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Qoʻshimcha axborot belgilari» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.
