Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash · 55-bilet, 4-savol
Koʻrsatilgan belgilardan qay biri avtopoezdni bildirish uchun oʻrnatiladi?
Javob variantlari
- Oʻng belgi
- Chap belgi
- Har ikki belgi✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 29-bobi 176-bandida berilgan 1-izohga asosan, "Avtopoezd" — yuk avtomobillari va gʻildirakli traktor (1,4 tonna va undan yuqori)larda tirkama boʻlganda, shuningdek tutashtirilgan avtobus va trolleybus kabinalari tomining old qismi oʻrtasiga bir qator qilib 150 dan 300 millimetrgacha oraliqda koʻndalang joylashgan uchta zargʻaldoq rangli chiroq yoki ichidan yoritiladigan, tomonlarining har biri 250 millimetr boʻlgan sariq rangli uchburchak shaklidagi belgi.
«Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.