Yotiq chiziqlar 1 · 55-bilet, 13-savol

Haydovchiga belgilangan traektoriya boʻyicha harakatlanib, manevrlar bajarishga ruxsat berilganmi?

Haydovchiga belgilangan traektoriya boʻyicha harakatlanib, manevrlar bajarishga ruxsat berilganmi?

Javob variantlari

  1. «Б» boʻyicha ruxsat etilgan
  2. Ikkovi boʻyicha ham ruxsat etilgan✓ Toʻgʻri javob
  3. «А» boʻyicha ruxsat etilgan

Izoh

YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimi 1.5, 1.6 yotiq chiziqlariga asosan, 1.5 – ikki yoki uch tasmali yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan ikki yoki undan koʻproq tasmali yoʻllarda tasmalarning chegaralarini va bir yoʻnalishdagi harakatlanish boʻlagi bilan velosiped boʻlagi chegarasini bildiradi. 1.6 (yaqinlashish chizigʻi – har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizigʻiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi. 1.5 va 1.6 chiziqlarini istalgan tomondan bosib oʻtish mumkin.

«Yotiq chiziqlar 1» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish