Yotiq chiziqlar 1 · 52-bilet, 14-savol
Haydovchiga transport vositalarining toʻxtab turish joylari chegarasini bildiradigan uzluksiz chiziqni kesib oʻtishga ruxsat etiladimi?
Javob variantlari
- Toʻxtash uchun ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi✓ Toʻgʻri javob
- Hamma hollarda ruxsat etiladi, agar toʻxtab turish joyida boshqa transport vositalari yoʻq boʻlsa
- Kirish va chiqish uchun ruxsat etiladi
Izoh
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimi 1-xatboshiga asosan, 1.1 chizigʻi qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish tasmasi chegarasini va velosipedchilar uchun tasmaning chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining toʻxtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi. 1.1 chizigʻini bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno.
«Yotiq chiziqlar 1» mavzusidagi boshqa savollar
- Qarama-qarshi yoʻnalishdagi transportlar oqimi ikkita sidirgʻa chiziqlar bilan ajratilgan yoʻl nechta harakatlanish uchun tasmaga ega?
- Yotiq chiziqning uzluksiz sariq chizigʻi nimani bildiradi?
- «Toʻxtash taqiqlangan» belgisi bilan birga toʻsiqning usti boʻylab uzluksiz sariq chiziq chizilgan joyda yoʻlovchilarni tushirishga ruxsat beriladimi?
- Quyidagi 3.27 «Toʻxtash taqiqlangan» belgisining amal qilish chegarasi qayerda tugaydi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.