Yotiq chiziqlar 1 · 50-bilet, 18-savol
«Toʻxtash taqiqlangan» belgisi bilan birga toʻsiqning usti boʻylab uzluksiz sariq chiziq chizilgan joyda yoʻlovchilarni tushirishga ruxsat beriladimi?
Javob variantlari
- Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalari yoʻq boʻlganda ruxsat beriladi
- Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalariga ruxsat beriladi✓ Toʻgʻri javob
- Ruxsat beriladi
- Taqiqlanadi
Izoh
YHQ 2 – ilovasi 1 – boʻlimining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 – toʻxtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi.
YHQ 1 – ilovasi 3 – boʻlimining oʻttiz sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.27 belgisiga amal qilish yoʻnalishli transport vositalariga taʼsir qilmaydi.
Shunga koʻra, yoʻlovchilarni tushirishni toʻxtash taqiqlangan joyni bildiruvchi 3.27 belgisi bilan birgalikda sariq sidirgʻa chiziq chizilgan joyda faqatgina belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalari amalga oshirishi mumkin.
«Yotiq chiziqlar 1» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.