Transport vositalarining joylashuvi · 58-bilet, 16-savol
Harakat tezligi 40 km/soatdan oshmaydigan transport vositasiga qatnov qismining chap tasmasiga chiqishga qachon ruxsat etiladi?
Javob variantlari
- Sanab oʻtilgan barcha hollarda✓ Toʻgʻri javob
- Sanab oʻtilgan barcha hollarda, shuningdek, agar bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchta va undan ortiq tasma boʻlganda
- Quvib oʻtishda, oʻzib ketishda yoki aylanib oʻtishda
- Burilish yoki qayrilish oldidan qayta tizilishda
Izoh
YHQ 10-bobi 67-bandiga muvofiq, tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan yoki texnik sabablarga koʻra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib oʻtish, quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan hollarda yoʻlning chap tomonida toʻxtashdan boshqa hollarda faqat chetki oʻng tasmada harakatlanishlari kerak.
«Transport vositalarining joylashuvi» mavzusidagi boshqa savollar
- Qizil avtomobilning haydovchisiga tramvay yoʻli boʻyicha harakatlanishga ruxsat etiladimi?
- Transport vositalarining trotuar va piyodalar yoʻlkasi boʻylab harakatlanishiga yoʻl qoʻyiladimi?
- Aholi yashaydigan yoʻllardan tashqarida yoʻlning qatnov qismida haydovchilar transport vositalarini qayerda harakatlantirishlari kerak?
- Yoʻl harakati qoidalari boʻyicha «yonlama oraliq masofa»ni koʻrsating:
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.