Transport vositalarining joylashuvi · 61-bilet, 7-savol
Transport vositalarining trotuar va piyodalar yoʻlkasi boʻylab harakatlanishiga yoʻl qoʻyiladimi?
Javob variantlari
- Yoʻl qoʻyilmaydi, chunki bu piyodalarning hayotini xavf ostiga qoʻyishi mumkin
- Yoʻl qoʻyiladi, agar bu piyodalarning harakatiga xalal bermasa
- Trotuarda turgan boshqa transport vositasini aylanib oʻtish uchun yoʻl qoʻyiladi
- Bevosita shu trotuar yoki yoʻlkalarda joylashgan savdo yoki boshqa korxonalarga xizmat koʻrsatishda yoʻl qoʻyiladi✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 10-bobi 72-bandiga muvofiq, qoidalarning 88, 166-bandlarida koʻzda tutilganlardan boshqa hollarda transport vositalarining trotuarlar, piyodalar yoʻlkalarida mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Bu joylarda yoʻldan foydalanish va kommunal xizmat mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek, trotuarlar yoki piyodalar yoʻlkalari oldida joylashgan savdo shoxobchalari, korxonalar va boshqa inshootlarga yuk olib kirish uchun boshqa imkoniyati boʻlmagan transport vositalariga yaqin yoʻldan kirishga ruxsat etiladi. Bunda harakatlanish xavfsizligi taʼminlangan boʻlishi shart.
«Transport vositalarining joylashuvi» mavzusidagi boshqa savollar
- Aholi yashaydigan yoʻllardan tashqarida yoʻlning qatnov qismida haydovchilar transport vositalarini qayerda harakatlantirishlari kerak?
- Yoʻl harakati qoidalari boʻyicha «yonlama oraliq masofa»ni koʻrsating:
- Ushbu yoʻlda sizga yoʻl belgisidan keyin qaysi boʻlaklarda harakatlanishga ruxsat beriladi?
- Ushbu vaziyatda quvib oʻtishdan soʻng Siz oʻrta boʻlakda qolishingiz mumkinmi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.