Transport vositalarining joylashuvi · 47-bilet, 4-savol
Aholi yashaydigan yoʻllardan tashqarida yoʻlning qatnov qismida haydovchilar transport vositalarini qayerda harakatlantirishlari kerak?
Javob variantlari
- Faqat oʻng boʻlak boʻylab. Chap boʻlak oʻtish faqat chapga burish va burilish uchun ruxsat etiladi
- Iloji boricha qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroq joyda✓ Toʻgʻri javob
- Xohlagan boʻlak boʻylab
Izoh
YHQ 10-bobi 67-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻllarda hamma aholi punktlarida ayrim turdagi transport vositalari uchun ushbu Qoidalarda belgilangandan yuqori tezlikda harakatlanish ruxsat etilgan yoʻl qismlarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. Oʻng tasmalar boʻsh boʻlganda chap tasmalarni egallash taqiqlanadi.
«Transport vositalarining joylashuvi» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.