Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari · 49-bilet, 20-savol
Aholi punktlarida quvib oʻtishda qanday ogohlantirish ishoralaridan foydalanish mumkin?
Javob variantlari
- 1 va 2
- Tovushli ishoralardan
- Faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQning 8-bob. 48-band 2 va 3-xatboshi va 49-bandiga asosan: 48. Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin:
aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun; Yuqorida koʻrsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.
49. Quvib oʻtish haqida tovushli ishora oʻrniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-oʻchirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.
«Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.