Tartibga soluvchining ishoralari · 13-bilet, 9-savol

Qaysi transport vositasi haydovchisi toʻgʻriga harakatlanish huquqiga ega?

Qaysi transport vositasi haydovchisi toʻgʻriga harakatlanish huquqiga ega?

Javob variantlari

  1. Yengil va yuk avtomobillari haydovchilari
  2. Avtobus va motosikl haydovchilari
  3. Yengil avtomobil haydovchisi✓ Toʻgʻri javob

Izoh

Yoʻl harakati qoidalarining 38 bandiga asosan, Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi maʼnoni bildiradi: Oʻng qoʻli oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda;

oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.

Ushbu vaziyatda mototsiklga oʻngga, yengil avtomobilga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga ruxsat etiladi.

«Tartibga soluvchining ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish