Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari · 20-bilet, 14-savol
Aholi punktlarida «Falokat» toʻxtash belgisi yoki miltillovchi qizil chiroq mexanik transport vositasidan kamida qanday masofada qoʻyilishi kerak?
Javob variantlari
- 15 m✓ Toʻgʻri javob
- 30 m
- 40 m
- 10 m
Izoh
YHQ 8-bobi 51-bandiga asosan: Transport vositasi toʻsatdan toʻxtab qolganda, zudlik bilan avariya yorugʻlik ishorasini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli toʻxtash belgisini darhol oʻrnatish kerak. Avariya sababli toʻxtash belgisi quyidagi hollarda qoʻllaniladi: Yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda; toʻxtash taqiqlangan joylarda va koʻrinishi cheklangan joylarda majburiy toʻxtaganda; Ushbu belgi boshqa haydovchilarni xavfli vaziyat haqida oʻz vaqtida ogohlantirish imkoni beradigan masofada oʻrnatilishi kerak. Bu masofa aholi punktlarida transport vositasidan 15 metr, aholi punktlaridan tashqaridagi joylarda esa 30 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
«Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar
- «Falokat» yorugʻlik ishoralari yoqilishi kerak:
- Qaysi rasmda haydovchi chapga burilish haqida ogohlantirish ishorasini bermoqda?
- Qanday hollarda aholi punktlarida tovush moslamalaridan foydalanishga ruxsat etiladi?
- Koʻrsatilgan belgilardan qaysi biri yoʻlning koʻrinish masofasi cheklangan joylarda majburan toʻxtagan transport vositalarini belgilash uchun qoʻllaniladi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.