Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari · 42-bilet, 7-savol

Qanday hollarda aholi punktlarida tovush moslamalaridan foydalanishga ruxsat etiladi?

Javob variantlari

  1. Yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun✓ Toʻgʻri javob
  2. Quvib oʻtishda ogohlantirish uchun
  3. Har ikkala sanab oʻtilgan hollarda

Izoh

Yoʻl harakati qoidalarining 48 bandiga asosan, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun; zarur boʻlgan hollarda yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun.
Yuqorida koʻrsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.

«Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish