Transport vositalarining joylashuvi · 20-bilet, 15-savol
Avtomobillar harakatlanayotgan qatnov qismida nechta harakatlanish tasmasi bor?
Javob variantlari
- 2 ta
- 1 ta
- 3 ta✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQning 10-bob. 64-band 1-xatboshiga asosan: 64. Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yoʻl belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yoʻl belgilari boʻlmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit oʻlchamlarini hisobga olgan holda oʻzlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama boʻlgan yoʻl qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka koʻtarilishdagi qoʻshimcha tasmalar, yoʻnalishli transport vositalarining toʻxtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan deb hisoblanadi.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Transport vositalarining joylashuvi» mavzusidagi boshqa savollar
- Qizil avtomobil haydovchisi qoidani buzib harakatlanmoqdami?
- Yoʻlning qarama-qarshi harakat yoʻnalishi tomoniga chiqish qachon taqiqlanadi?
- Harakat ikki tomonlama boʻlgan, uch boʻlakli yoʻlda siz oʻngga burilishingiz zarur. Ushbu harakatni qaysi boʻlakdan amalga oshirasiz?
- Avtomobillarga qaysi yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.


