Yotiq chiziqlar 1 · 34-bilet, 1-savol
Ushbu holatda quvib oʻtishga ruxsat etiladimi?
Javob variantlari
- Ruxsat etiladi
- Agar quvib oʻtilayotgan transport vositasi 40 km/soat dan kam tezlik bilan harakatlanayotgan boʻlsa, ruxsat beriladi
- Taqiqlanadi✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimi 1-xatboshiga asosan, 1.1 chizigʻi qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish tasmasi chegarasini va velosipedchilar uchun tasmaning chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining toʻxtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi. 1.1 chizigʻini bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno.
«Yotiq chiziqlar 1» mavzusidagi boshqa savollar
- Haydovchiga belgilangan traektoriya boʻyicha harakatlanib, manevrlar bajarishga ruxsat berilganmi?
- Haydovchiga transport vositalarining toʻxtab turish joylari chegarasini bildiradigan uzluksiz chiziqni kesib oʻtishga ruxsat etiladimi?
- Qarama-qarshi yoʻnalishdagi transportlar oqimi ikkita sidirgʻa chiziqlar bilan ajratilgan yoʻl nechta harakatlanish uchun tasmaga ega?
- Yotiq chiziqning uzluksiz sariq chizigʻi nimani bildiradi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.