Taqiqlovchi belgilar · 10-bilet, 18-savol

Ushbu belgi sanab oʻtilgan yuk avtomobillarining qaysilariga harakatni davom ettirishni taqiqlamaydi?

Ushbu belgi sanab oʻtilgan yuk avtomobillarining qaysilariga harakatni davom ettirishni taqiqlamaydi?

Javob variantlari

  1. Yuk koʻtarish 3,5 t dan ortiq boʻlgan avtomobillarga
  2. Yukxonasiga qiya oq chiziq tortilgan yuk avtomobillariga✓ Toʻgʻri javob
  3. Ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 t dan ortiq boʻlgan avtomobillarga
  4. Xavfli yuk tashiyotgan avtomobillarga

Izoh

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.4 belgi - "Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan" belgisida cheklangan vazn koʻrsatilmagan boʻlsa, bu belgi toʻla vazni 3,5 tonnadan yuqori boʻlgan barcha yuk avtomobillarining, barcha traktorlarning, oʻzi yurar mashina va mexanizmlarning harakatlanishini taqiqlaydi. Bu belgi taʼsir oraligʻida yashovchi va ishlovchilarga daxldor emas, shuningdek, bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashiyotgan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.

Savoldagi belgilar

Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.

«Taqiqlovchi belgilar» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish