Taqiqlovchi belgilar · 17-bilet, 20-savol
Bu belgida qaysi yuk avtomobili harakatni davom ettirishi mumkin?
Javob variantlari
- Ruxsat etilgan toʻla vazni 8 tonnadan ortiq boʻlmagan avtomobil✓ Toʻgʻri javob
- 8 tonna yuk koʻtarish quvvatiga ega boʻlgan boʻsh avtomobil
- 8 tonnagacha yuk ortgan avtomobil
Izoh
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 3.4 "Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan" belgisiga muvofiq, toʻla vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida koʻrsatilmagan boʻlsa) yoki toʻla vazni belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, oʻziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Taqiqlovchi belgilar» mavzusidagi boshqa savollar
- Qaysi belgi toʻxtamasdan oʻtishni taqiqlaydi?
- Bu belgi qaysi transport vositalariga tegishli emas?
- Qaysi belgi agar yuk avtomobilni tirkamasi bilan birga ruxsat etilgan toʻliq vazni 7 tonnaga teng boʻlsa, tirkamali avtomobillarning harakatlanishini taqiqlaydi?
- Qaysi belgi chapga burilishga ruxsat etadi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.
