Transport vositalarining joylashuvi · 23-bilet, 9-savol

Aholi punktlarida relssiz transport vositalariga, agar bir yoʻnalishda uchta va undan ortiq harakatlanish boʻlagi boʻlganda, qaysi boʻlakdan harakatlanishga ruxsat etiladi? Yuk avtomobillari hisobga kirmaydi

Javob variantlari

  1. Har qanday boʻlak boʻyicha
  2. Iloji boricha qatnov qismining oʻng chekkasiga yaqin boʻlak boʻyicha
  3. Chapki chekkadan tashqari har qanday boʻlak boʻyicha. Unga faqat boshqa boʻlaklarda harakat serqatnov boʻlganda, shuningdek, chapga burilish, orqaga qayrilish va bir tomonlama harakat tashkil qilingan yoʻlda toʻxtash uchun oʻtishga ruxsat etiladi✓ Toʻgʻri javob

Izoh

YHQ 10-bobi 67-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Bir yoʻnalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yoʻlda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band boʻlgan hollarda, shuningdek, quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.

«Transport vositalarining joylashuvi» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish