Haydovchining umumiy vazifalari · 36-bilet, 17-savol
Transport vositalari ixtiyoriga berilgan vakolatnomasi boʻlgan shaxs oʻzining ishtirokida transport vositasini boshqa shaxsga boshqarishni topshirishi mumkinmi
Javob variantlari
- Mumkin emas
- Bu shaxsda mazkur toifali transport vositasini boshqarishga haydovchilik guvohnomasi boʻlgan taqdirda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida ism-sharifi koʻrsatilgan boʻlsa yoki majburiy sugʻurta qilish boʻyicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanishini hisobga olgan holda tuzilgan boʻlsa✓ Toʻgʻri javob
- Mumkin
Izoh
YHQ 2-bobi 8-bandiga asosan: Tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga, uning taloniga, vaqtinchalik ruxsatnomaga ega boʻlgan shaxs, oʻziga tegishli boʻlmagan transport vositasini, uning egasi yonida boʻlganida yoxud tasarruf etish huquqini beruvchi yoki egalik qilishga, foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan shaxs ishtirokidagina (ularning roziligi bilan) boshqarishi mumkin, agar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanilishini hisobga olgan holda tuzilgan yoki transport vositasini boshqarayotgan shaxs sugʻurta polisida koʻrsatilgan boʻlsa.
«Haydovchining umumiy vazifalari» mavzusidagi boshqa savollar
- Haydovchi yoʻl-transport hodisasida shikastlangan transport vositasini shatakka olish uchun yuk avtomobilini ichki ishlar organi xodimi ixtiyoriga qanday holda berishi kerak?
- Reaksiya va diqqatni pasaytiruvchi dori-darmonlar taʼsirida boʻlgan haydovchiga transport vositalarini boshqarishga ruxsat etiladimi?
- Agar yoʻl-transport hodisasi natijasida hech kim jabrlanmasa, moddiy zarar esa ahamiyatsiz boʻlsa, haydovchilarning oʻzlari hodisa roʻy bergan joyni tark etib, DYHXXning eng yaqin yoki IIO idorasiga hodisani qayd qilish uchun bora oladilarmi?
- Haydovchiga transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan foydalanishga ruxsat etiladimi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.