Harakatlanish tezligi · 27-bilet, 8-savol
Toʻxtash yoʻli deb nimaga aytiladi?
Javob variantlari
- Xavfning haydovchiga maʼlum boʻlgan paytidan tormozlash boshlanguncha avtomobilda oʻtilgan masofa
- Avtomobilda xavfning haydovchiga maʼlum boʻlgan paytidan boshlab toʻla toʻxtagunga qadar bosib oʻtilgan masofa✓ Toʻgʻri javob
Izoh
Toʻxtash yoʻliga haydovchining xavf-xatarni sezgan vaqtidan boshlab, transport vositasining butunlay toʻxtagunga qadar yurib oʻtgan masofasi tushuniladi. Toʻxtash yoʻli doim tormoz yoʻlidan koʻproq boʻladi, chunki tormozlanish boshlanishidan avval transport vositasi haydovchining reaksiya vaqti va tormoz yuritmasining ishlab ketish vaqtiga bogʻliq boʻlgan masofani oʻtadi.
«Harakatlanish tezligi» mavzusidagi boshqa savollar
- Quvib oʻtishni boshlashdan oldin haydovchi shunga ishonch hosil qilishi kerakki:
- Aholi yashaydigan joylardan tashqarida tirkamali yengil avtomobil haydovchisiga eng katta tezlikni soatiga necha kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi?
- Qanday hollarda aholi punktlaridan tashqarida yengil avtomobil haydovchisiga soatiga 90 km dan yuqori tezlikda harakatlanish taqiqlanadi?
- Haydovchi harakat tezligini tanlashda nimani hisobga olishi kerak?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.