Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 2 · 36-bilet, 2-savol

Toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi:

Javob variantlari

  1. Piyodalarning oʻtish joylarida va ularga 10 m dan kam qolganda
  2. Transport vositalari piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda
  3. Hovlidan chiqadigan joylarda
  4. Temir yoʻl kesishmalarida
  5. Barcha sanab oʻtilgan joylarda✓ Toʻgʻri javob

Izoh

YHQ 13-bobi 91-bandining ikkinchi, beshinchi va oʻninchi xatboshilariga asosan, quyidagi joy va holatlarda toʻxtash taqiqlanadi: tunnellarda, temir yoʻl kesishmalarida; piyodalar oʻtish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda; transport vositasi svetofor ishoralari, yoʻl belgilarini boshqa haydovchilardan toʻsib qoʻyadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.

«Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 2» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish