Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 2 · 51-bilet, 7-savol
Qaysi haydovchi toʻxtab turish qoidasini buzdi?
Javob variantlari
- Hech kim buzmadi
- Trotuarda toʻxtab turgan avtomobil haydovchisi✓ Toʻgʻri javob
- Mototsikl haydovchisi
Izoh
Yoʻl harakati qoidalarining 88 bandiga asosan, transport vositalariga yoʻlning oʻng tomonida yoʻl yoqasida, u boʻlmaganda esa qatnov qismining chetida va Qoidalarning 89-bandida koʻrsatilgan hollarda trotuarda toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi.
Yoʻl harakati qoidalarining 89 bandi 3 xatboshiga asosan, qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga toʻxtab turishga 5.15 yoʻl belgisi bilan birga 7.6.2, 7.6.3, 7.6.6 — 7.6.9 qoʻshimcha axborot belgilaridan biri oʻrnatilgan joylarda ruxsat etiladi.
Yoʻl harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda toʻxtash taqiqlanadi: toʻxtagan transport vositasi bilan boʻylama sidirgʻa chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam boʻlgan joylarda.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 2» mavzusidagi boshqa savollar
- Yuk avtomobili haydovchisi toʻxtab turish qoidasini buzdimi?
- Chorrahaning koʻrsatilgan joyida Sizga toʻxtashga ruxsat etiladimi?
- Sizga koʻrsatilgan joyda yengil avtomobilda toʻxtashga ruxsat etiladimi?
- Transport vositalarini qatnov qismining kengaytirilmagan joylarida qanday tartibda toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.
