Tartibga soluvchining ishoralari · 59-bilet, 15-savol

Tartibga soluvchining ushbu ishorasida qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etiladi?

Tartibga soluvchining ushbu ishorasida qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etiladi?

Javob variantlari

  1. Yashil va oq avtomobillarga
  2. Qizil avtomobil va YPX avtomobiliga
  3. Faqat YPX avtomobiliga
  4. Hech biriga ruxsat etilmaydi✓ Toʻgʻri javob

Izoh

YHQning 7-bob. 38-bandi va 6-bob. 25-bandi 1-xatboshiga asosan:
Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi maʼnoni bildiradi:
Qoʻlini yuqoriga koʻtarganda:
ushbu Qoidalarning 42-bandida koʻrsatilganidan boshqa holatlarda transport vositalari va piyodalarning barcha yoʻnalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi.
Tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, harakatlanish xavfsizligini taʼminlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 7-bobi (tartibga soluvchining ishoralaridan tashqari), 9 — 16, 19-20 va 22 boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.

«Tartibga soluvchining ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish