Haydovchining umumiy vazifalari · 47-bilet, 15-savol
Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini (konstruksiyasida xavfsizlik kamari nazarda tutilgan transport vositalarida) taqmaslikka ruxsat beriladi:
Javob variantlari
- Orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilarga
- Homilador ayollarga
- Homilador ayollarga va avtomobilning orqa oʻrindiqidagi 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga✓ Toʻgʻri javob
- Avtomobilning orqa oʻrindiqdagi 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga
Izoh
YHQ 2-bobi 9-bandi: Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:
- avtomobilning orqa oʻrindigʻidagi 12 yoshgacha boʻlgan bolalar (ushbu Qoidalarning 159-bandiga muvofiq);
- homilador ayollar;
- salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar roʻyxatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma mavjud boʻlganda).
«Haydovchining umumiy vazifalari» mavzusidagi boshqa savollar
- Avtomobilda sargʻish rangli miltillovchi chiroq yoqilgan holatda harakatlanish uchun imtiyoz beradimi?
- Qizil avtomobilning haydovchisi, yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va maxsus tovushli ishora yoqilgan transport vositasiga yaqinlashib kelayotganda nima qilishi kerak?
- Yaltirovchi koʻk mayoqcha va unga qoʻshimcha maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositasi sizga yaqinlashib kelmoqda. Siz shunday transport vositasiga qarshi harakatlanayotgan boʻlsangiz; nima qilishingiz lozim?
- Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.