Haydovchining umumiy vazifalari · 27-bilet, 13-savol
Qizil avtomobilning haydovchisi, yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va maxsus tovushli ishora yoqilgan transport vositasiga yaqinlashib kelayotganda nima qilishi kerak?
Javob variantlari
- Tezlikni pasaytirish va boshqa qatorga oʻtish bilan bogʻliq keskin manevrlarga yoʻl qoʻymasdan harakatni davom ettirish
- Harakat boʻlagini oʻzgartirmasdan toʻxtashi va majburiy toʻxtash chiroqlarini yoqishi
- Yoʻl berishi✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yoʻl berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanadi.
«Haydovchining umumiy vazifalari» mavzusidagi boshqa savollar
- Yaltirovchi koʻk mayoqcha va unga qoʻshimcha maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositasi sizga yaqinlashib kelmoqda. Siz shunday transport vositasiga qarshi harakatlanayotgan boʻlsangiz; nima qilishingiz lozim?
- Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?
- Piyoda yalt-yalt etuvchi mayoqcha va maxsus tovushli ishoralarni yoqib kelayotgan transport vositasi yaqinlashib qolganda qanday yoʻl tutishi kerak?
- Roʻparadan kelayotgan avtomobil haydovchisi qanday yoʻl tutishi kerak?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.