Tartibga soluvchining ishoralari · 6-bilet, 2-savol

Qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat berilgan?

Qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat berilgan?

Javob variantlari

  1. Yengil avtomobilga oʻngga va toʻgʻriga
  2. Motosiklga oʻngga va yengil avtomobilga barcha yoʻnalishlarga
  3. Motosiklga oʻngga, yengil avtomobilga toʻgʻriga va oʻngga✓ Toʻgʻri javob

Izoh

YHQ 7-bobi 38-bandi: Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi maʼnoni bildiradi: Qoʻllari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻgʻriga, relssiz transport vositalariga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi. Oʻng qoʻli oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.

«Tartibga soluvchining ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish