Tartibga soluvchining ishoralari · 13-bilet, 17-savol

Avtomobil haydovchisi qayrilib olmoqchi:

Avtomobil haydovchisi qayrilib olmoqchi:

Javob variantlari

  1. Tramvayga yoʻl berib qayrilib oladi✓ Toʻgʻri javob
  2. Chorrahadan birinchi boʻlib oʻtadi

Izoh

Yoʻl harakati qoidalarining 38 bandiga asosan, Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi maʼnoni bildiradi: Oʻng qoʻli oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda;
oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.
Yoʻl harakati qoidalarining 101 bandiga asosan, agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, tramvay oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.
Ushbu vaziyatda avtomobil haydovchisi tramvayga yoʻl berib, qayrilib oladi.

«Tartibga soluvchining ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish