Taqiqlovchi belgilar · 45-bilet, 5-savol
Qaysi belgilarda oyning juft kunlarida toʻxtash mumkin?
Javob variantlari
- Har ikkisida mumkin✓ Toʻgʻri javob
- Oʻngdagi rasmda
- Chapdagi rasmda
Izoh
YHQ 1 ilova: 3.29. “Oyning toq kunlarida toʻxtab turish taqiqlangan”
(xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli boʻyoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno). YHQ 1 ilova: 3.30. “Oyning juft kunlarida toʻxtab turish taqiqlangan”
(xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli boʻyoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
3.29 va 3.30 belgilari faqat toʻxtab turishni taqiqlaydi, toʻxtashni emas. Shuning uchun ikkala belgida ham oyning juft kunlarida toʻxtash mumkin.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Taqiqlovchi belgilar» mavzusidagi boshqa savollar
- Ushbu belgi qanday nomlanadi?
- Qaysi yoʻl belgisi qayrilib olishga ruxsat beradi?
- Quyidagi joyda sariq avtomobilga quvib oʻtishga ruxsat beradimi?
- Yondosh hududlardan yoʻlga chiqish joylarida yoki yoʻlning dala, oʻrmon yoʻllari va boshqa doimiy harakatlanish, oʻtib ketish uchun moʻljallanmagan yoʻllar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar oʻrnatilmagan boʻlsa, bu belgilarning taʼsiri yoʻqoladimi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

