Taqiqlovchi belgilar · 49-bilet, 14-savol
Yondosh hududlardan yoʻlga chiqish joylarida yoki yoʻlning dala, oʻrmon yoʻllari va boshqa doimiy harakatlanish, oʻtib ketish uchun moʻljallanmagan yoʻllar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar oʻrnatilmagan boʻlsa, bu belgilarning taʼsiri yoʻqoladimi?
Javob variantlari
- Yoʻqolmaydi✓ Toʻgʻri javob
- Yoʻqoladi
Izoh
YHQga 1-ILOVA 3.Taqiqlovchi belgilarning 46 va 47-xatboshiga asosan: 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining taʼsiri belgi oʻrnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, ular boʻlmaganda — aholi punktining oxirigacha taʼsiri qiladi.
Yondosh hududlardan yoʻlga chiqish joylarida yoki yoʻlning dala, oʻrmon yoʻllari va boshqa doimiy harakatlanish, oʻtib ketish uchun moʻljallanmagan yoʻllar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar oʻrnatilmagan boʻlsa, bu belgilarning taʼsiri yoʻqolmaydi.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Taqiqlovchi belgilar» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.



