Taqiqlovchi belgilar · 30-bilet, 19-savol

Qanday transport vositalariga ushbu belgining amal qilishi tatbiq etilmaydi?

Qanday transport vositalariga ushbu belgining amal qilishi tatbiq etilmaydi?

Javob variantlari

  1. Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalariga
  2. Taksometri ishlab turgan taksilarga, «Nogiron» taniqlik belgisi oʻrnatilgan nogiron boshqarayotgan avtomobilga✓ Toʻgʻri javob
  3. «Nogiron» taniqlik belgisi oʻrnatilgan nogiron boshqarayotgan avtomobilga
  4. Yoʻnalishli taksilarga
  5. Taksometri ishlab turgan taksilarga

Izoh

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 3.28 belgi talabiga asosan, "Toʻxtab turish taqiqlangan" barcha transport vositalarining toʻxtab turishi taqiqlanadi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli boʻyoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno). 3.28 belgisining taksometri ishlab turgan taksilarga, "Nogiron" tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali motosikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilarga taalluqli emas.

Savoldagi belgilar

Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.

«Taqiqlovchi belgilar» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish