Yoʻnalishli transport vositalarining imtiyozlari · 7-bilet, 13-savol
Jamoat transporti bekatidan tashqarida yoʻl chetidan qoʻzgʻalayotgan yoʻnalishli transport vositasiga yoʻl berishingiz kerakmi?
Javob variantlari
- Ha
- Yoʻq✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 22-bobi 133-bandi: Haydovchilar aholi yashash joylarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yoʻl berishlari kerak. Oʻz navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari oʻzlariga yoʻl berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.
«Yoʻnalishli transport vositalarining imtiyozlari» mavzusidagi boshqa savollar
- Ushbu holatda qaysi transport vositasi yoʻl berishi kerak?
- Yoʻnalishli boʻlmagan transport vositalari “A” harfi bilan belgilangan oʻng boʻlakda qaysi holatlarda harakatlanishlari mumkin?
- Tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega boʻlmagan holat:
- Qaysi transport vositalariga yoʻlovchilarni tushirishga ruxsat etiladi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.