Teng ahamiyatli chorrahalar · 52-bilet, 15-savol
Chorrahadan oxirgi boʻlib qaysi transport vositasi kesib oʻtadi?
Javob variantlari
- Velosiped
- Avtomobil✓ Toʻgʻri javob
- Avtobus
Izoh
Yoʻl harakati qoidalarining 105 bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼiy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.
Ushbu chorrahani velosiped birinchi, avtobus ikkinchi, koʻk avtomobil oxirgi boʻlib kesib oʻtadi.
«Teng ahamiyatli chorrahalar» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.