Transport vositalarining joylashuvi · 57-bilet, 18-savol
Haydovchi yoʻlning relssiz transport vositalari harakatlanadigan boʻlaklar sonini belgilaydigan chiziqlar yoki yoʻl belgilari boʻlmasa, boʻlaklar sonini qanday aniqlashi kerak?
Javob variantlari
- Qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit oʻlchamlarini hisobga olgan holda oʻzi aniqlaydi✓ Toʻgʻri javob
- Bunday yoʻlni ikki boʻlakli qarama qarshi harakat tashkil qilingan yoʻl deb qabul qilishi kerak.
Izoh
Yoʻl harakati qoidalarining 10-bobi 64-bandiga asosan, relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yoʻl belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yoʻl belgilari boʻlmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit oʻlchamlarini hisobga olgan holda oʻzlari aniqlaydilar.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Transport vositalarining joylashuvi» mavzusidagi boshqa savollar
- Qatnov qismi yoʻl chiziqlari bilan ajratilgan boʻlsa haydovchilar qanday holatlarda qatʼiy boʻlaklar boʻyicha harakatlanishlari kerak?
- Bir yoʻnalishda uch va undan ortiq tasmali harqanday yoʻlda yuk avtomobillariga chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi:
- Siz roʻparadan yaqinlashayotgan yuk avtomobiliga yoʻl berishingiz kerakmi?
- Qaysi transport vositasining haydovchisi aholi punktlarida toʻxtash qoidasini buzmoqda?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

