Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari · 28-bilet, 7-savol

Haydovchi manevrni bajarishda burilish koʻrsatkichlari bilan yorugʻlik ishorasini har doim berishi kerakmi?

Javob variantlari

  1. Har doim berishi kerak
  2. Kerak emas, agar harakatlanishning boshqa qatnashchilarini chalgʻitishi mumkin boʻlsa✓ Toʻgʻri javob
  3. Kerak, zaruriy ehtiyot choralarini koʻrgan holda

Izoh

YHQ 8- bobi 46 – bandining ikkinchisi xatboshisiga asosan: Burilish koʻrsatkichi yoki qoʻl bilan berilayotgan ishora manevrni bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach, darhol toʻxtatilishi kerak (qoʻl bilan berilayotgan ishorani manevrni bevosita bajarishdan oldin tugallash mumkin). Beriladigan ishoralar yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini chalgʻitmasligi kerak. Ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin oʻtish huquqini bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini koʻrish masʼuliyatidan ozod etmaydi.

«Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish