Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari · 34-bilet, 20-savol

Koʻk avtomobil chorrahani kesib oʻtadi:

Koʻk avtomobil chorrahani kesib oʻtadi:

Javob variantlari

  1. Uchinchi boʻlib✓ Toʻgʻri javob
  2. Oxirgi boʻlib
  3. Ikkinchi boʻlib
  4. Birinchi boʻlib

Izoh

YHQ 6-bobi 26-bandiga muvofiq, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishlari shart. YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, teng ahamiyatli yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

«Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish