Tartibga soluvchining ishoralari · 10-bilet, 12-savol
Chorrahaga kirganingizda tartibga soluvchi qoʻlini yuqoriga koʻtardi, sizga harakatlanishga ruxsat etiladimi?
Javob variantlari
- Ruxsat etilmaydi
- Ruxsat etiladi✓ Toʻgʻri javob
- Ruxsat etiladi, agarda siz oʻngga buriladigan boʻlsangiz
Izoh
YHQ 7-bobi 41-bandiga asosan, tartibga soluvchining qoʻli yuqoriga koʻtarilganida, haydovchilar transport vositalarini toʻxtash chizigʻi oldida, bunday chiziq boʻlmaganda esa: chorrahaning qatnov qismi bilan kesishgan joyida, boshqa joylarda tartibga soluvchining oldida, harakatlanishiga ruxsat berilgan transport vositalari va piyodalarga xalaqit bermagan holda, keskin tormoz bermasdan toʻxtashga ulgura olmaydigan transport vositalarining haydovchilariga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi.
«Tartibga soluvchining ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.