Chorrahalarda harakatlanish · 52-bilet, 16-savol

Rasmda koʻrsatilgan holatda qizil avtomobilning haydovchisi qanday yoʻl tutishi kerak?

Rasmda koʻrsatilgan holatda qizil avtomobilning haydovchisi qanday yoʻl tutishi kerak?

Javob variantlari

  1. Chapga burilish ishorasini yoqishi va oʻng qatorni boʻshatishi
  2. Oʻngga burilish ishorasini yoqishi va oʻngga burilishi✓ Toʻgʻri javob
  3. Svetoforning ruxsat ishorasini kutishi va toʻgʻriga oʻtishi

Izoh

Yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil maʼnoga ega boʻladi. Ular faqat koʻrsatilgan yoʻnalishga taʼsir etadi. Agar tegishli yoʻl belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan boʻlsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yoʻnaltirgich ham xuddi shu maʼnoni bildiradi. Svetoforning qoʻshimcha tarmoqdagi ishora oʻchirilgan boʻlsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yoʻnalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.

«Chorrahalarda harakatlanish» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish