Yotiq chiziqlar 1 · 50-bilet, 2-savol
Bu yoʻl chizigʻi nimani bildiradi?
Javob variantlari
- Yakka 40 km/soat dan kam tezlik bilan harakat qiluvchi ikki gʻildirakli motosikllar, velosipedchilardan tashqari barcha transport vositalarini quvib oʻtishni taqiqlovchi hududga
- Qatnov qismining torayishiga yoki qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan transport oqimini ajratuvchi 1,1 yoki 1,11 chizigʻiga yaqinlashayotganini✓ Toʻgʻri javob
- Faqat belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalari harakati uchun moʻljallangan qatnov qismi boʻlagiga
Izoh
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.19 chizigʻiga asosan, qatnov qismining toraygan (shu yoʻnalishdagi harakatlanish tasmalarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizigʻiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 – 1.18.3 belgilari bilan qoʻllanilishi mumkin.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Yotiq chiziqlar 1» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

