Yotiq chiziqlar 1 · 23-bilet, 15-savol
Enli uzuq-uzuq chiziq koʻrinishidagi yotiq chiziq nimani bildiradi?
Javob variantlari
- Transport vositalarining toʻxtashi va toʻxtab turishi uchun belgilangan maydonchalarni
- Qatnov qismi bilan yoʻl yoqasi oʻrtasidagi chegarani
- Tezlanish yoki sekinlanish boʻlagi bilan qatnov qismi asosiy boʻlagi oʻrtasidagi chegarani bildiradi✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimi 1.8 chizigʻi (enli uzuq-uzuq chiziq) – tezlashish yoki sekinlashish tasmasi bilan yoʻlning qatnov qismidagi asosiy tasmasi oʻrtasidagi chegarani bildiradi (chorrahalarda, yoʻlning turli sathda kesishgan qismlarida, avtobuslar toʻxtaydigan joylarda va boshqalar). 1.8 chizigʻini istalgan tomondan bosib oʻtish mumkin.
«Yotiq chiziqlar 1» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.