Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 2 · 44-bilet, 4-savol
Bekat maydonchalaridan harakatlanish yoʻnalishi boʻylab qanchadan kam masofada (yetmasdan va oʻtib ketib) toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi?
Javob variantlari
- 30 metr
- 15 metr✓ Toʻgʻri javob
- 25 metr
- 20 metr
Izoh
YHQ 13-bobi 91-bandi 13-xatboshiga asosan, toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi - bekat maydonchalarida, yoʻnalishli transport vositalari toʻxtash joylarida, jumladan, 1.17 chizigʻi bilan belgilangan, ular boʻlmaganda esa yoʻnalishli transport vositalari toʻxtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yoʻnalishi boʻylab (yetmasdan va oʻtib ketib) 15 metrdan kam masofada (yoʻnalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun toʻxtash bundan mustasno).
«Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 2» mavzusidagi boshqa savollar
- Koʻrsatilgan qaysi joyda siz avtomobilni qoidaga binoan toʻxtatishingiz mumkin?
- Qaysi avtomobilning haydovchisi toʻxtab turish qoidalarini buzmadi?
- Velosiped yoʻlkasi bilan kesishuvga qanchadan kam masofa qolganda toʻxtash taqiqlanadi?
- Ushbu vaziyatda haydovchilar birinchi temir yoʻl iziga eng kamida necha metr qolganda toʻxtashlari kerak?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.