Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 2 · 59-bilet, 2-savol

Qaysi avtomobilning haydovchisi toʻxtab turish qoidalarini buzmadi?

Qaysi avtomobilning haydovchisi toʻxtab turish qoidalarini buzmadi?

Javob variantlari

  1. Har ikkisi buzgan✓ Toʻgʻri javob
  2. Hech kim buzmadi
  3. Qizil
  4. Sariq

Izoh

YHQ 13-bobi 88-bandiga asosan, transport vositalariga yoʻlning oʻng tomonida yoʻl yoqasida, u boʻlmaganda esa qatnov qismining chetida toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi. Aholi punktlarida oʻrtada tramvay yoʻli boʻlmagan, har yoʻnalishda bittadan tasmasi boʻlgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllarda yoʻlning chap tomonida toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi.
YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan, qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yoʻlning sidirgʻa chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno) toʻxtash taqiqlanadi.

«Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 2» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish