Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar · 14-bilet, 7-savol

Sanab oʻtilgan hollardan qaysi birida transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi?

Javob variantlari

  1. Transport vositasining bitta oʻqiga diagonal shinalar radial shinalar bilan birga oʻrnatilgan
  2. M1 toifadagi avtotransport vositalarining oldingi oʻqiga birinchi toifada taʼmirlangan shinalar oʻrnatilgan✓ Toʻgʻri javob
  3. Shinalar oʻlchami va yoʻl qoʻyiladigan bosimi boʻyicha transport vositasining rusumiga mos emas

Izoh

YHQ 3-ilovasi 5-boʻlimining 5.7-bandiga asosan, M1, M2, M3 toifadagi I klass avtotransport vositalarining oldingi oʻqiga ikkinchi taʼmirlash klassi boʻyicha qayta tiklangan shinalar oʻrnatilsa — foydalanish taqiqlanadi. Shu sababli birinchi taʼmirlash klassi boʻyicha qayta tiklangan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa, foydalanishga ruxsat etiladi. Bir oʻqqa diagonal va radial shinalarni birga qoʻyish yoki shina oʻlchami (bosimi) rusumga mos kelmasa — foydalanish taqiqlanadi.

«Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish