4.3 yoʻl belgisi «Aylanma harakatlanish»

4.3 belgisi nimani anglatadi
Chorrahada faqat koʻrsatkichlar yoʻnalishida — soat miliga teskari aylanib harakatlanishga ruxsat beradi.
Qayerda oʻrnatiladi
Aylanma harakatlanish tashkil etilgan chorrahaga har bir kirish joyi oldida oʻrnatiladi; odatda 2.4 «Yoʻl bering» belgisi bilan birga.
Haydovchi nima qilishi kerak
- Aylanma chorrahada aylana boʻylab harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotganlarga nisbatan imtiyozga ega.
- Aylanaga kirish uchun istalgan boʻlakdan foydalanish mumkin — 4.3 belgisi chetki holatni egallashni talab qilmaydi.
Shu belgiga oid test savollari
Trenajyorda shu belgiga bogʻliq savollar bor.
Koʻrsatilgan holatda qayrilib olishga ruxsat etiladimi?
Toʻgʻri javob: Taqiqlanadi
58-bilet, 11-savolni ochish





