Taqiqlovchi belgilar · 50-bilet, 13-savol
Yuk avtomobili haydovchisiga qaysi yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat beriladi?
Javob variantlari
- Toʻgʻriga va oʻngga✓ Toʻgʻri javob
- Oʻngga chapga va orqaga
- Barcha yoʻnalishlarga
- Faqat oʻngga
Izoh
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.4 belgiga asosan, «Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan». Ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida koʻrsatilmagan boʻlsa) yoki ruxsat etilgan toʻliq vazni belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, oʻziyurar uskunalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
3.4. yoʻl belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.
YHQning 56 bandiga asosan, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
Ushbu holatda belgi talabi boʻyicha, yuk avtomobiliga toʻgʻriga harakatlanish taqiqlanmaydi, shuningdek, yuk avtomobili shu yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan qatnov qismining oʻng chetki holatini egallaganligi uchun oʻngga harakatlanishga ham ruxsat etiladi.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Taqiqlovchi belgilar» mavzusidagi boshqa savollar
- Ushbu yoʻl belgisi qanday nomlanadi?
- Koʻrsatilgan qaysi yoʻl belgisi yengil yoʻnalishsiz taksilarga yoʻlovchilarni tushirish-chiqarish (yuklarni ortish-tushirish) vaqtida taʼsir qilmaydi?
- Tartibga solinmagan chorrahada qaysi belgi albatta toʻxtashni talab qiladi?
- Koʻrsatilgan belgilardan qaysilarining talabi bevosita oʻrnatilgan joyidan kuchga kiradi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.
