Piyodalar oʻtish joylari va turar joylar · 53-bilet, 2-savol
Yoʻl oʻrtasidagi toʻxtash joyida toʻxtagan shu yoʻnalishdagi tramvayga yaqinlashib qolgan haydovchi nima qilishi kerak?
Javob variantlari
- Toʻxtashi, tramvay eshiklari yopilgandan keyin harakatni davom ettirishi
- Tramvay toʻxtash joyidan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan oʻtishi
- Toʻxtashi, soʻng tramvay harakatlanganidan keyin harakatni davom ettirishi
- Yoʻl oʻrtasidagi toʻxtash joyida turgan shu yoʻnalishdagi tramvayga kelayotgan yoki undan uzoqlashayotgan piyodalarga yoʻl berishi✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 17-bobi 114-bandiga asosan, agar yoʻlovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan maydonchada amalga oshirilayotgan boʻlsa, haydovchi bekatda toʻxtagan yoʻnalishli transport vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyoda(lar)ga yoʻl berishi kerak.
«Piyodalar oʻtish joylari va turar joylar» mavzusidagi boshqa savollar
- Transport vositasining haydovchisi, agar svetoforning ruxsat etuvchi yoritgichi yoqilsa-yu, harakat yoʻnalishining qatnov qismidan oʻtishga ulgurmagan piyodalar boʻlsa, nima qilishi kerak?
- Bunday vaziyatda haydovchi nima qilishi kerak?
- Haydovchi oq hassa bilan ishora berayotgan koʻzi ojiz piyodalarni oʻtkazib yuborishi kerakmi?
- Qizil avtomobilning haydovchisiga shu vaziyatda piyodalar oʻtish joyi orqali harakatlanishni davom ettirishga ruxsat etiladimi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.