Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar · 14-bilet, 19-savol
Yengil avtomobilning orqa oynasiga parda yoki jalyuzilar oʻrnatish mumkinmi?
Javob variantlari
- Ruxsat etiladi, agarda ikki tomonda orqani koʻrsatuvchi koʻzgusi boʻlsa✓ Toʻgʻri javob
- Taqiqlanadi
Izoh
Yoʻl harakati qoidalariga 3-ilova 7.4 bandiga asosan, barcha transport vositasining old, yon oynalarining yorugʻlik oʻtkazuvchanligi 70 foizdan kam boʻlsa, avtomobil tomidagi lyuk oynasi, shuningdek, ruxsatnoma asosida tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) avtotransport vositalarining oynalari bundan mustasno. Izoh. III klass M3 toifadagi avtotransport vositalarining orqa va yon oynalariga pardalar, ikki yonga orqa tomonni koʻrish uchun tashqi koʻzgusi mavjud boʻlgan barcha toifadagi avtotransport vositalari orqa oynalarining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirishga (qoraytirishga), shuningdek, ushbu orqa oynalarga parda (chiy parda, darparda) oʻrnatishga ruxsat beriladi.
«Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar» mavzusidagi boshqa savollar
- Toʻxtab turish tormoz tizimi N toifadagi avtotransport vositalarini yuklangan holatda qanday qiyalikda ushlab tura olmasa foydalanish taqiqlanadi?
- M3 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasidagi qanday eng katta lyuft yigʻindisiga yoʻl qoʻyiladi?
- M2 toifali avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasidagi qanday eng katta lyuft yigʻindisiga yoʻl qoʻyiladi
- N1 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasidagi qanday eng katta lyuft yigʻindisiga yoʻl qoʻyiladi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.