Harakatlanish tezligi · 49-bilet, 5-savol
Turar joy dahalarida qanday eng katta tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi:
Javob variantlari
- 30 km/soat
- 40 km/soat
- 5 km/soat
- 20 km/soat✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 11 – bob 78 – bandiga asosan: Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilgan maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetmasdan va oʻtib ketib 300 metrdan kam masofada soatiga 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
«Harakatlanish tezligi» mavzusidagi boshqa savollar
- Maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari atrofidagi yoʻllarda 300 metrgacha boʻlgan masofada qanday eng yuqori tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi?
- Ushbu holatda siz qanday yoʻl tutishingiz kerak?
- Aholi punktlaridan tashqarida yengil avtomobillarning qanday eng katta tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?
- Tirkamali yengil avtomobillarga yoʻlning shunday yoʻl belgisi oʻrnatilgan qismida qanday eng katta tezlik bilan harakatlanishga ruxsat etiladi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.