Chorrahalarda harakatlanish · 7-bilet, 7-savol
Transport vositalari chorrahani qay tartibda kesib oʻtadi?
Javob variantlari
- 2-tramvay; koʻk avtomobil; 1-tramvay; qizil avtomobil✓ Toʻgʻri javob
- 2-tramvay ayni vaqtda 1-tramvay bilan; koʻk avtomobil ayni vaqtda qizil bilan
Izoh
YHQ 16-bobi 106-, 105- va 104-bandlariga asosan, asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, teng ahamiyatli yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.
«Chorrahalarda harakatlanish» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.