Chorrahalarda harakatlanish · 13-bilet, 4-savol
Qaysi rasmda sariq avtomobil haydovchisi qizil avtomobilga yoʻl berishi kerak?
Javob variantlari
- Ikkala rasmda✓ Toʻgʻri javob
- Birinchi rasmda
- Ikkinchi rasmda
Izoh
YHQning 16-bob. 104-band 1-xatboshi va 106-bandiga asosan: 104. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼiy nazar, yoʻl berishi kerak.
106. Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.
«Chorrahalarda harakatlanish» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.